"Uslubiyat va tahrir" kafedrasi

     Toshmuhammedova Latofat Ismatovna – “Uslubiyat va tahrir” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi. 
Теl. 246-73-42

       «Uslubiyat va tahrir» kafedrasi jurnalistika fakultetining yetakchi kafedralaridan biri sanaladi. Kafedra Respublika ommaviy axborot vositalariga yuqori malakali kadrlar tayyorlashda muhim rol o'ynaydi.
    Kafedra 1966 yil noyabr oyida tashkil etilgan. Kafedra tashkil etilgan paytda uning tarkibida A.Shomaqsudov (mudir), a'zolari F. Nasriddinov, I. Toshaliev, S. Nizomiddinova, D.Z.Yusupova,  O.D.Belyakovskaya singari o'qituvchilar faoliyat ko'rsatdilar. Keyinchalik bular safiga Rixsiya Saidova, Roziya qo'chqortoeva, L.O.Pasharovalar qo'shildi.
    F.Nasriddinov 1979-1983 yillar mobaynida «Stilistika va adabiy tahrir» kafedrasiga mudirlik qilgan. Bu yillarda u kafedra an'analarini davom ettirib, ilmiy ish va o'quv jarayonini yanada takomillashtirishga o'z hissasini qo'shdi.
    Irisali Toshaliev 1984 yildan fakultetning «Uslubiyat va tahrir» kafedrasiga mudir etib tayinlandi. U 2006 yilgacha ushbu kafedraga rahbarlik qildi. U o'zbek tili uslubiyatidan ma'ruzalar o'qidi. «hozirgi o'zbek adabiy tilida kiritma konstruktsiyalar» nomli monografiyasi (1976), «Amaliy stilistika» (1989), «O'zbek tili uslubiyati» (1996) nomli qo'llanmalari bor.    
    2006 yilning avgust oyidan 2011 yil sentyabr oyiga qadar kafedraga f.f.n. Z.T. Tohirov mudirlik qildi. Hozirgi kunda kafedrani dotsent L.I.Toshmuhamedova boshqarmoqda.

    KAFEDRA TARKIBI:

1. Toshmuhamedova Latofat Ismatovna      - kafedra mudiri, dotsent
2. Xalikova Muqaddas Irgashevna               - dotsent
3. Egamberdieva Farida Oktamovna            - dotsent
4. Tohirov Zoir Tohirovich                           - dotsent
5. Shomaqsudova Saodat Xidoyatovna        - katta o'qituvchi
6. Mirzaeva Nargiza Abdukaxarovna           - katta o'qituvchi
7. Ermolaeva Viktoriya Andreevna              - o'qituvchi
8. Tillaev Otabek Odiljonovich                    - o'qituvchi

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar turlari: 

  •  Axborot darslarida maxsus ma'ruzalar, suhbatlar o'tkazish;  
  • Talabalar turar joyida uchrashuvlar, mavzuli suhbatlar uyushtirish; 
  •  Talabalarning sport musobaqalarida faol qatnashishlariga erishish;
  • Ommaviy axborot vositalarida ommabop maqolalar bilan qatnashish;
  • “Barkamol avlod” va “Mustahkam oila yili” mavzulariga bag’ishlangan seminar-treninglar o'tkazish;
  • “Obod turmush yili” mavzulariga bag’ishlangan davra suhbatlari o'tkazish

Kafedra professor-o'qituvchilarining o'quv-uslubiy ishlari:

  • OAV reklamalari uslubiyati nazariyasi va amaliyoti
  •  Ijtimoiy himoya: atamalar izohli lug’ati
  •  Reklama tilining uslubiyati asoslari
  • Ijod laboratoriyasi
  • Badiiy nutqda tasvir
  • Yazo'k gazeto'
  • Gazeta sarlavhalari uslubiyati
  • O'zbek tili uslubiyati.
  • Adabiy tahrirning mantiqiy asoslari 
  • Ommaviy axborot vositalari tili va uslubi
  • Yozuvimiz tarixidan lavhalar
  • Oliy ta'lim: lug’at ma'lumotnoma
  • Komillik o'gitlari
  • Murabbiy hamrohi
  • Uslubiyatdan kurs ishlari tematikasi
  • Ona tili va adabiyotdan oliy o'quv yurtiga kiruvchilar uchun yordamchi testlar va ularni echishga doir ko'rsatmalar
  • Adabiy tahrir (darslik)
  • Umumta'lim maktablarida adabiy ta'lim samaradorligini oshirish texnologiyalari
  • Pragmatik sema
  • Maxsus leksika
  • Badiiy ijodda tasvir

KAFEDRA A'ZOLARI VA KAFEDRAGA BIRIKTIRILGAN TALABALARNING  ISHTIROK ETGAN  ILMIY-AMALIY ANJUMANLARI

1. 2010 -2011 yillarda tdyui tashkil etgan respublika seminar kengashi;
2. 2011 yil  aprel oyi – talabalarning media konferentsiyasi;
3. 2011 yil  oktyabr oyi – dunyo taraqqiyotida o'zbekona rivojlanish yo'nalishida “jurnalist mahoratini oshirishda jahon tillarining o'rni” mavzuidagi ilmiy-amaliy konferentsiyasi;
4. 2011 yil dekabr oyi  - 4 - kurs talabalarining bitiruv oldi amaliyoti yakunlariga bag’ishlangan amaliy konferentsiyasi;
5. 2011-2012 yillarda tdyui tashkil etgan “til va adabiyot fanlarini o'qitish tizimida zamonaviy o'quv-metodik majmualarni yaratish muammolari” mavzuidagi respublika seminar  kengashi;
6. 2012 yil 11 dekabrda “oliy jurnalistika kurslarida ixtisoslashuv masalalari”  mavzuidagi   ilmiy-amaliy seminari;
7. 2012 yil dekabr oyida tdyui tashkil etgan “o'zbekiston respublikasi konstitutsiyaviy rivojlanish aspektida ta'lim tizimini takomillashtirishning psixologik-pedagogik va lingvistik muammolari” mavzuidagi rekspublika seminar kengashi.

KAFEDRA TOMONIDAN  BAKALAVRIATURADA O'QITILADIGAN FANLAR
1. Hozirgi o'zbek (rus) adabiy tili va uslubiyati
2. Adabiy tahrir asoslari
3. Notiqlik san'ati, ommaviy axborot tili
4.ixtisoslashgan matbuotning janriy uslubiy xususiyatlari

OLIY JURNALISTIKA KURSLARIDA O'QITILADIGAN FANLAR
1. Ommaviy axborot  tili va uslubi
2. Adabiy tahrir asoslari

5A220104 – NOSHIRLIK ISHI VA MUHARRIRLIK IXTISOSLIGI BO'YICHA FANLAR
ASOSIY FANLAR:

1. Nashr jarayoni asosiy bosqichlari
2. Muallif ijod laboratoriyasi
3. Adabiyot ayrim turlari tahriri
4. Matn tahlili va tahriri asoslari
5. Kitobshunoslikka kirish
6. Sarlavha uslubiyati
7. Qo'lyozmani taqrizlash va ustida ishlash tamoyillari

TANLOV FANLAR

1. O'quv adabiyotlari tahriri
2. Matbuot matni tahriri
3. Yozuvchi ijodiy laboratoriyasi
4. Nashrlarning bezatilishi
5. Tahrir mantig’i
6. Sohaviy adabiyotlar tahriri

KAFEDRANING TASHQI ALOQALARI:

1. “O'zbekiston” nashriyot matbaa ijodiy uyi
2. “Cho'lpon” nashriyot matbaa ijodiy uyi
3. “Yangi asr avlodi” nashriyoti
4. O'zmtrk
5. O'zbekiston milliy entsiklopediyasi
6. Avloniy nomidagi xtxqtmomi
7. Yangiyo'l xizmat ko'rsatish kasb-hunar kolleji
8. O'zbekiston respublikasi prezidentining “iste'dod” jamg’armasi
9. “Toshkent oqshomi” gazetasi tahririyati
10. “O'zbekiston adabiyoti va san'ati” gazetasi tahririyati
11. “Ishonch” gazetasi tahririyati
12. “Turkiston” gazetasi tahririyati
13. “O'zbekiston ovozi” gazetasi tahririyati
14. “Ma'rifat” gazetasi tahririyati