“Ommaviy aloqalar va reklama” kafedrasi

Xusanov Mirbotir Mirjamolovich – “Ommaviy aloqalar va reklama” kafedrasi mudiri,  journalist, filologiya fanlari nomzodi.

      O'zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakulteti qoshida 1999 yilda “Ommaviy aloqalar va reklama” kafedrasi tashkil etilgan. Hozirgi kunda tarix fanlari nomzodi, dotsent Mirbotir Husanov rahbarlik qilmoqda.
      Kafedraning vazifasi hozirgi zamon talablari darajasida bo'lajak jurnalistlarga “Jurnalistika nazariyasi”, “OAV sotsiologiyasi va psixologiyasi”, “OAV sohasidagi qonunchilik”, “Hozirgi zamon jahon jurnalistikasi” Hamda ommaviy aloqalar va reklamaga oid bo'lgan fanlardan nazariy bilim berish va ularni jurnalistik faoliyatda qo'llay olish ko'nikmasini hosil qilish. “Ommaviy aloqalar va reklama” fanidan nazariy bilimlar berish va ko'nikmalar hosil qilish. O'zbekiston jurnalistikasiga oid mafkuraviy, ma'naviy, milliy xususiyatlarni talabalarga yetkazish va ular asosida ijodiy faoliyat olib borishlarini ta'minlash. Kafedra a'zolari, tadqiqotchilari va magistrlari ko'pgina Xalqaro hamda Respublikamizning Oliy ta'lim muassasalari tomonidan o'tkazilgan ilmiy anjuman va konferentsiyalarda faol ishtirok etib keladilar.
      Magistratura yo'nalishi — Axborot xizmatlari texnologiyasi (faoliyat turlari) bo'yicha: davlat idoralari va boshqaruv tashkilotlari uchun axborot xizmatlari sohasida ishlaydigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab berish va ularning mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar va jamiyatni rivojlantirishdagi o'rni va ahamiyatini yuksaltirish.

Kafedra a'zolari:
1.    Kafedra mudiri, dotsent Mirbotir Husanov.
2.    Professor Qudrat Ernazarov.
3.    Dotsent Ramziddin Abdusattorov.
4.    Dotsent To'lqin Eshbekov.
5.    F.f.n. dots. v.b. Gulnora Nishonova.
6.    Katta o'qituvchi Nafisa Tursunova.
7.    Katta o'qituvchi Oksana Kartashova.
8.    O'qituvchi Aleksey Marunov.
9.    O'qituvchi Shohrux Qosimov.
10.    O'qituvchi Shohsanam Xidirova.

“Ommaviy aloqalar va reklama” kafedrasida o'qitiladigan fanlar:

Bakalavriyatda:
1.    Jurnalistikaga kirish.
2.    Jurnalistika tarixi.
3.    OAV sotsiologiyasi va psixologiyasi.
4.    Jurnalistning huquqiy va kasbiy-axloqiy asoslari (Jurnalistning huquqiy asoslari).
5.    Ommaviy aloqalar va reklama.
6.    Ommaviy aloqalar va axborot xizmatlari.
7.    Axborot psixologik xavfsizlik.
8.    OAV mafkuraviy asoslari.
9.    OAV texnikasi va texnologiyasi.

Magistratura – Informatsion xizmatlarning texnologiyasi (faoliyat turlari bo'yicha) yo'nalishi bo'yicha:
1.    Jamoatchilik bilan aloqalar iqtisod va moliya doirasida.
2.    Nodavlat va notijorat jamoatchilik bilan aloqalarning o'ziga xos xususiyatlari.
3.    Axborot xizmatlari ishini tashkil etish.
4.    Axborot xizmati mutaxassisining funktsiya va vazifalari.
5.    Jamoatchilik bilan aloqalar ishlab chiqarish sohasida.
6.    Jamoatchilik bilan aloqalar nazariyasi.
7.    Imidj hosil qilish texnologiyasi.
8.    Axborot xizmatlarining OAV bilan hamkorlik shakli turlari.
9.    Xalqaro munosabatlar (tanlov fan).
10.    Geosiyosat va jurnalistika (tanlov fan).
11.    Xalqaro sharh (tanlov fan).
12.    Axborot xizmatlari matnlarini tayyorlash xususiyatlari (tanlov fan).

Oliy jurnalistika kurslarida:
1.    Jurnalistika nazariyasiga kirish.
2.    Jurnalistning huquqiy va kasbiy-axloqiy asoslari (OAV qonunchiligi).
3.    Ommaviy aloqalar va reklama.
4.    OAV sotsilogiyasi va psixologiyasi.
5.    Axborot jamiyatining huquqiy asoslari.
6.    Fuqarolik jamiyatini takomillashtirish asoslari.

Kafedraning ilmiy hamkorligi:
1) Moskva davlat universiteti jurnalistika fakulteti;
2) Sankt-Peterburg davlat universiteti jurnalistika fakulteti;
3) Almati davlat universiteti jurnalistika fakulteti;
4) Kiyev Milliy universiteti jurnalistika instituti bilan hamkorlik qiladi.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar:

•        Axborot darslarida maxsus ma'ruzalar, suhbatlar o'tkazish.
•        Kafedra a'zolari universitetning tadbirlarida faol ishtirok etishi.
•        Talabalar turar joylarida uchrashuvlar, mavzuli suhbatlar uyushtirish.
•        OAVda maqolalar bilan qatnashish.
•        “Obod turmush yili”ga bag’ishlangan davra suhbatlari o'tkazish.

Kafedra a'zolari tomonidan hozirga qadar 1 ta monografiya, 10 ta o'quv-uslubiy qo'llanmalar va 200 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan.