“Internet jurnalistika nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi

    O’zbekiston milliy universitetining jurnalistika fakulteti qoshida 2003 yil 13 aprelda “Internet jurnalistika nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi tashkil etilgan. 2003 yildan  – 2007 yilgacha filologiya fanlari nomzodi Rashidova Dildora Qaxxarovna,  2007 yil -  2008 yilgacha katta o’qituvchi Rayimjonov Ravshan Zokirovich, 2008 yildan hozirgacha siyosiy fanlar nomzodi, dotsent Qudratxo’jayev Sherzodxon Tojiddinovich kafedraga rahbarlik qilib kelmoqda.  Bizning missiya: “Axborot texnologiyalari asrida jurnalistlarning yangi avlodini tayyorlash, Internet jurnalistikaning nazariy asoslarini o’rganish va amaliyotga joriy etishda ko’nikmalarni hosil etish, ustoz-shogird tizimida ishlash”.

Kafedra a’zolari:
•    Qudratxo’jayev Sherzodxon Tojiddinovich – kafedra mudiri, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent
•    Muratova Nozima Faxriddinovna – o’qiyuvchi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent v.b.
•    Jabborov To’ramirzo Dedamirzayevich – katta o’qituvchi
•    Rayimjonov Ravshan Zokirovich – katta o’qituvchi
•    Azimova Saida Sunnatovna – o’qituvchi
•    Rizayeva Dildora Hakimjonovna – o’qituvchi
•    G’ulomov Shaxzod Shamshodbekovich – o’qituvchi

 
“Internet jurnalistika nazariyasi va amaliyoti” kafedrasida o’qitiladigan fanlar:

Bakalavriyat:
    1. Internet jurnalistika va uning huquqiy asoslari
    2. Jurnalistikada kompyuterlashtirish, veb-dizayn asoslari
    3. Интернет ва бошқа ОАВ ларда сиёсий жараёнларнинг ёритилиши
    4. Yangi Internet texnologiyalar va zamonaviy tahdidlar.
    5.Global information kenglik sharoitida journalist ijodi.

Magistratura:

•    Matbuot Internet tizimida
                 
O’quv-uslubiy qo’llanmalar:

    - Qudratxo’jayev Sh.T. Jurnalist faoliyatida Internetdan foydalanish. Uslubiy qo’llanma. Toshkent, Chinor ENK, 2010.
    - Qudratxo’jayev Sh.T. Internet: yaratilishi, tarixi, xavfsizlik masalalari. Uslubiy qo’llanma. Toshkent, Chinor ENK, 2010.
   - Qudratxo’jayev Sh.T. “Internet: yaratilishi, tarixi, xavfsizlik masalalari”, “Jurnalist faoliyatida Internetdan foydalanish” hamda “Internet: tarixi, tuzilishi, texnik xavfsizlik” (lotin yozuvida)  qo’llanmalari nashr etildi.
    - Qudratxo’jayev Sh.T. Internet va axborot: xizmatlar, foydalanish asoslari. O’quv-uslubiy qo’llanmasi chop etish jaryonida.
   - Mo’minov F.A. Pablik Rileyshinz: istoriya i teoriya. Toshkent. “Ijod dunyosi”. 2004 yil.
   - Mo’minov F.A. Jahon jurnalistikasi tarixi. Toshkent. “Fan va texnologiya”.  2008 yil.
   - Rashidova D.Q., Muratova N.F. Internet – jurnalistika. Toshkent. 2007 yil.
    - Rashidova D.Q. Informatsionnye texnologii i interaktivnaya internet jurnalistika.  Toshkent. O’zMU. 2003 yil.
    - Rashidova D.Q. Internet v Uzbekistane: problemy I vozmojnosti. Интернет в Узбекистане: проблемы и возможности. Toshkent. O’zMU. 2003 yil.

Kafedrada o’tkaziladigan tadbirlar:

•    14 talabalar yotoqxonasida “Zakovat” intelektual o’yinlari.
•    “Talabalarning II An’anaviy Media Konferensiyasi”
•    Sport musobaqalari.
•    Ma’naviy ko’rgazmali tadbirlar.
•    Amaliyot seminarlari.
•    Ilmiy – amaliy seminarlar.